09.12.2025
KORRUPTSIYASIZ TIBBIYOT YO‘NALISHIDAGI “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 10:00 da “9 dekabr — Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida “Korruptsiyasiz tibbiyot” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida sog‘liqni saqlash tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar batafsil yoritildi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari misolida shaffoflikni kuchaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida joriy qilingan mexanizmlar ishtirokchilarga namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilariga quyidagi yo‘nalishlardagi ishlar taqdim etildi:
Korruptsion holatlar to‘g‘risida tezkor xabar berish uchun tashkil etilgan ishonch kanallari va mavjud targ‘ibot materiallari.
Tibbiyotni raqamlashtirish va DMED tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan yangiliklar.
Xodimlarni ishga qabul qilishda shaffoflikni ta'minlayotgan HR ARGOS dasturining ishlash tartibi.
Bemorlar uchun dori-darmonlar yozilishida qo‘llanilayotgan Elektron retsept (Reimbursatsiya) dasturi.
Davlat xaridlari va ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi.
Bepul va pullik tibbiy xizmatlar hamda dori-darmonlar to‘g‘risida ochiq ma'lumot beruvchi ma'lumot burchaklari.
— Filialda amalga oshirilgan ishlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bo‘yicha ma'lumotlar.
Tadbirda ommaviy axborot vasitalari va blogerlar, nodavlat notijorat tashkilotlari a'zolari hamda faol fuqarolar ishtirok etdilar. Ularga filial faoliyati, shaffoflikni ta'minlash mexanizmlari va korruptsiyaga qarshi yo‘naltirilgan dasturlar ochiq tarzda taqdim etildi.
Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati @andijonvssb @andijonssb





Back to the list