Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
09.12.2025
2025-yil 6-dekabr kuni Akademik Y. X. To‘raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya markazida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv doirasida Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati Klinik Endokrinologiya markazi direktori Alisher Djaxanovich Nabiev boshchiligidagi delegatsiyani markaz direktori Alimov Anvar Valiyevich samimiy kutib oldilar.

Tashrif davomida mehmonlarga Endokrinologiya markazining tuzilmasi, klinik va ilmiy-amaliy yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Delegatsiya markazning funksional ish jarayonlari, mavjud bo‘limlar faoliyati hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish, xodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki tomon o‘rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlash, endokrinologiya sohasida ilg‘or amaliyotlarni joriy etish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Video: 

Back to the list