17.01.2026
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy Turizm Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “2025 yilning eng muvaffaqiyatli tibbiy-sog‘lomlashtirish muassasasi” tanlovi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi “2025 yilning eng muvaffaqiyatli ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Mazkur e’tirof markazning yuqori professional salohiyati, zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlari, ilmiy-amaliy faoliyatdagi yutuqlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan sifatli tibbiy xizmatlarining tasdig‘idir. Ushbu yutuq jamoaning fidokorona mehnati va malakali mutaxassislar sa’y-harakatlari natijasidir.
Markaz jamoasini ushbu yuksak mukofot bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz.
Muassasa faoliyati bo‘yicha qisqacha HISOBOT
Muassasa quvvati:
Ambulator-poliklinika bo‘limi — kuniga 400 qatnov, statsionar bo‘lim — 302 o‘rin. Hududda 18 ta bino va inshoot mavjud.
Moddiy-texnik baza:
SPECT-CT AnyScan Mediso (Osiyoda yagona), MRT Philips Ingenia 1.5T, densitometriya Lunar Prodigy Advance, 675+ laborator tahlillar, zamonaviy rentgen va oftalmologik uskunalar, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari.
Kadrlar salohiyati:
Jami 379 nafar xodim (162 shifokor, 217 hamshira). Ilmiy salohiyat — 39%: 12 DSc, 47 PhD, 2 professor; 34 tadqiqotchi va 24 doktorant.
Ustuvor yo‘nalishlar:
Qandli diabet, qalqonsimon bez, neyroendokrin va bolalar endokrinologiyasi, reproduktiv va orfan kasalliklar, endokrin jarrohlik va yadro tibbiyoti, ilmiy tadqiqotlar.
2025-yil ko‘rsatkichlari:
129 532 rezident va 2 779 norezident konsultatsiyasi, 5 000+ yadro tibbiyoti bemorlari, 2 mln+ laborator tahlillar, 128 turdagi yuqori texnologik xizmatlar.
Servis xizmatlari:
Elektron tibbiy kartalar, onlayn navbat va Call-markaz, axborot kiosklar, naqd pulsiz to‘lovlar, xorijiy bemorlar uchun kompleks xizmatlar.


