12.04.2022
Azizlar, biz to‘g‘ri ovqatlanishning afzalliklari haqidagi sahifamizni davom ettiramiz.
Biz salomatligingiz to‘g‘risida doim qayg‘urish kerakligi haqida koʻp bora aytganmiz. Ramazon oyida esa sog‘lom ovqatlanish yanada dolzarb mavzuga aylandi. Ushbu oyda organizmning yetarli miqdorda foydali elementlar va vitaminlarni qabul qilishini nazorat qilish muhim hisoblanadi.
Bugun Akademik Toʻraqulov Y.X. nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Ilmiy-Amaliy Endokrinologiya Tibbiyot Markazi (Endokrinologiya Markazi) boʻlim boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi, dietolog — Xodjayeva Nodira Vohidovna bilan birgalikda avokadoning foydali xususiyatlari haqida aytib beramiz.
Avokado vitamin va minerallarga boy tarkibga ega mevadir. Yuqori kaloriyaga egaligiga qaramay, avokado faqatgina foydali yogʻlarni oʻz ichiga oladi. Ular organizm barcha hujayralari tashkil topishi va yangilanishida asos boʻlib xizmat qiladi hamda qondagi xolesterin miqdorini normallashtiradi. Avokado yurakning toʻgʻri ishlashini ta'minlovchi kaliy moddasining tabiiy manbayi hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu meva ozuqaviy tolalarga boy. Bir dona meva odam organizmi uchun tavsiya etilgan kunlik talabning 54% gacha qismini qondira oladi.
Avokadoning foydali xususiyatlari:
✅ichak mikroflorasini muvoqfiqlashtiradi
✅arterial qon bosimini tushiradi
✅yogʻlarning erishida koʻmaklashadi
✅yoshartiruvchi xususiyatga ega
✅kuchli antioksidant
✅xotirani yaxshilaydi
✅yurak qon tomiri kasalliklari xavfini kamaytiradi
✅koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi va boshqa yana koʻplab foydali jihatlari mavjud!
Korzinka sizning avokado mevasini qanchalik xush koʻrishingizni yaxshi biladi! Ajoyib xushxabar — biz avokado uchun super aksiyamiz muddatini uzaytirdik. Har bir xarid qilingan avokadodan korzinka kartangizga 20% keshbek oling! Aksiya 2022-yil 17-aprel oxirigacha barcha supermarketlarimizda amal qiladi.
Toʻgʻri ovqatlanish mavzusidagi sahifamizni kuzatib boring hamda foydali mahsulotlar haqida koʻproq ma'lumotga ega boʻling! Salomat boʻling, azizlar!