Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
12.04.2022 Muxtaram Prezidentimizning “Inson Qadri uchun” loyihasi shiori ostida akademik E.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida ótqazilishi rejalashtirilgan “Neyroendokrin kasalliklarni tashhislash va davolashda zamonaviy yondashuv” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy anjuman 9 aprelda óz ishini boshladi.

         Anjumanda endokrinologiya sohasidagi yetakchi xorijiy olimlar: Buyuk Britaniyaning Oksford Universiteti professorlari Eshli Grossman va Saymon Kadlip, Londondagi Milliy nevrologiya va neyroxirurgiya gospitali professori M.Payell, Liverpuldagi Uolton markazi maslaxatchisi K.Djilks va Lester universitetining bosh faxriy óqituvchisi M.Levi qatnashishdi.

Хаlqni rozi qilish yólida ótqaziladigan ushbu bepul xayriya aksiyada 2 kun davomida 85 dan ortiq Respublikaning turli regionlaridan kelgan ogir neyroendokrin, jumladan gipofiz bezi, buyrak usti bezi, bepushtlik muammolari bólgan bemorlar chuqur taxlil qilindi. Shulardan 20 nafari operatsiya uchun tanlab olindi, qolgan bemorlarga holatiga kóra, medikamentoz davo tavsiya qilindi.Oksforddagi Redkliff  Trast  klinikasi maslaxatchi neyroxirurgi, umurtqa jarrohi Saymon Kadlip hamda Liverpuldagi Uolton klinik markazi maslaxatchi neyroxirurgi Ketrin Djilks va markaz neyroxirurglari tomonidan amalga oshirilgan jami 6 ta, Kushing sindromi 2 ta, nofaol gipofiz adenomalari bóyicha- 2 ta hamda 2 ta gigantism bóyicha murakkab, yuqori texnologiyali operativ muolajalar samarali amalga oshirildi.

         Маrkazda yuqori ruxda ótqazilgan ushbu tadbirda bemorlar, akad. Yo.X. Tóraqulov asos solgan Markaziy Osiyoda yagona bólgan maktab davomchilari-prof.Xalimova Z.Yu. rahbarligi ostidagi neyroendokrinologlar jamoasi, neyroxirurglar, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent Pediatriya Tibbiyot institute talaba, magistr, klinik ordinatorlari uchun mahurat maktabi bóldi.Undan tashqari, gibrid kosferentsiya  bólganligi bois, Respublika endokrinologlariga onlayn translyatsiya qilindi.

12 аprel 2022 yil Samarqand shahrida ótqazilgan anjumanda Kushing sindromi, gipofiz adenomalari jarrohlik yólidagi qiyinchilikla, kattalarda ósish gormoni yetishmovchiligi, autoimmun poliglandulyar sindrom, agressiv adenomalar borasidagi dolzarb muammolar kórib chiqildi. “Endokrinologiya órin bosuvchi gormonal terapiya” mavzusidagi konferentsiya doirasidagi maxorat darslari gibrid formatda 13 aprel Buxoro shahrida davom etadi.

Back to the list