10.02.2026
2026-yil 7-fevral kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 5-son OP -da.Oilaviy shifokorlar ishtirokida RIEIATM Samarqand viloyati filiali endokrinologi. Roʻziyev E.O hamda tuman endokrinologlari Qarshiyev D.Ishnazarova.N.tomonidan “Endokrin kasalliklarni tashxislash algoritmi va davolash yo‘nalishi xaritasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 20 nafar oilaviy shifokor faol ishtirok etdi. Tadbir interaktiv usulda, savol-javoblar va amaliy misollar asosida olib borildi. Seminar davomida endokrin kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, davolash jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tarqatma materiallar yetkazilib, ularning amaliy faoliyatida qo‘llash uchun tavsiyalar berildi. Mazkur seminar oilaviy shifokorlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda aholining endokrin kasalliklar bo‘yicha murojaatlarini samarali boshqarishga xizmat qildi.