Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
13.02.2026
Andijon viloyati hokimining topshirig‘iga asosan Xonobod shahriga Andijon viloyatidan bir guruh tajribali va malakali shifokorlar tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida shahar hokimi oʻrinbosari, Andijon viloyatidan tashrif buyurgan shifokorlar tomonidan shahar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.Tibbiy ko‘riklarning asosiy maqsadi aholi salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish hamda fuqarolarga malakali tibbiy maslahatlar berishdan iborat. Ushbu tadbir orqali, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarning sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur bepul tibbiy ko‘riklar Andijon viloyati sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va e’tiborning yana bir yorqin namunasi hisoblanadi.

631446840_1236890418612131_4217372116017574062_n.jpg631026585_1236890518612121_4139740849415192941_n.jpg633819266_1236890468612126_7681555160624554473_n.jpg631325370_1236890551945451_8469335087341982701_n.jpg

Back to the list