«Mobil endokrinolog» xizmati
Yo. X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot endokrinologiya markazi «Mobil endokrinolog» xizmatini taqdim etadi.
Ushbu xizmat doirasida, oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali, endokrinolog shifokorning bemor yashash joyiga chiqishi amalga oshiriladi hamda maslahat va diagnostik tadbirlar o‘tkaziladi.
Chiqish davomida quyidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi mumkin:
endokrinolog shifokorning maslahati va ko‘rigi;
laborator tekshiruvlar uchun qon olish;
zaruratga ko‘ra va tibbiy ko‘rsatmalar asosida — ulьtratovushli diagnostik tekshiruv (UZD) va elektrokardiografik tekshiruv (EKG).
Barcha tekshiruvlar zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida hamda amaldagi tibbiy standartlarga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Ko‘rik va tekshiruvlar natijalariga ko‘ra tibbiy xulosa va tavsiyalar taqdim etiladi.
Xizmatga yozilish va qo‘shimcha ma'lumot uchun:
Kol-markaz: +998 55 508 50 00
