Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
16.02.2026
Tuman darajasida aholiga endokrinologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda tizimli monitoringni amalga oshirish maqsadida 2026-yil 12 fevral kuni Nurobod tumaniga tuman kuratori A.A. Yusupova hamda endokrinolog A.E. Xamzayev tomonidan ishchi tashrif amalga oshirildi. Mazkur tashrif doirasida shu kuni Nurobod tuman oilaviy shifokorlari ishtirokida “Endokrin kasalliklarni tashxislash algoritmi va davolash yo‘nalishi xaritasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 38 nafar oilaviy shifokor faol ishtirok etdi. Tadbir interaktiv usulda, savol-javoblar va amaliy misollar asosida olib borildi. Seminar davomida endokrin kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, davolash jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tarqatma materiallar yetkazilib, ularning amaliy faoliyatida qo‘llash uchun tavsiyalar berildi. Mazkur seminar oilaviy shifokorlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda aholining endokrin kasalliklar bo‘yicha murojaatlarini samarali boshqarishga xizmat qildi.

632771888_1238388321795674_7952093758705948882_n.jpg633975331_1238388378462335_1801909948234236743_n.jpg634313439_1238388555128984_7747671825128803450_n.jpg633411466_1238387365129103_6416308291102817405_n.jpg634884928_1238388278462345_4054510418792036466_n.jpg634737850_1238387471795759_8790937313862178991_n.jpg

Back to the list