Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
16.02.2026
“Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat endokrinologiya xizmati mutaxassislari ishtirokida “Semizlik va uning salbiy oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirga Y.To'raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali qabulxona bo‘limi mudiri Jalilov Humoyunmirzo Abduganiyevich jalb etilib, u semizlikning kelib chiqish sabablari, organizmga ta’siri hamda uning oldini olish choralari yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.

Seminar davomida ortiqcha vazn yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa surunkali xastaliklar rivojlanishiga zamin yaratishi, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik hamda muntazam tibbiy ko‘riklarning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar.

Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.

631646154_1238389151795591_5126688159552571232_n.jpg634235607_1238389188462254_4457408291153822454_n.jpg635210919_1238390331795473_756475304885147126_n.jpg633974313_1238390275128812_8245212715444983082_n.jpg

Back to the list