Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
17.02.2026
“SEVIMLI” telekanali xodimlari uchun profilaktik tibbiy ko‘rik

Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazining konsultativ poliklinikasi shifokorlari “SEVIMLI” telekanali xodimlari uchun endokrin kasalliklarni erta aniqlashga qaratilgan profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar.

Tibbiy ko‘rikda endokrinolog shifokorlar bilan birga nevropatolog va oftalmolog mutaxassislar ham ishtirok etdi. Tekshiruv jarayonida barcha xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari o‘lchandi, qondagi glyukoza miqdori aniqlandi hamda ultratovush tekshiruvi o‘tkazildi. Ko‘rik yakunida har bir ishtirokchiga sog‘liqni saqlash bo‘yicha individual tavsiyalar berildi.

Bunday profilaktik tadbirlar endokrin tizim kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, asoratlarning oldini olish va aholining mehnatga layoqatliligini saqlashga xizmat qiladi.

Video: 

Back to the list