Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
18.02.2026
#SALOMATLIK_MARAFONI!

Sog‘liqni saqlash vazirining 2025 yil 31 oktyabrdagi “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirini amalga oshirish to‘g‘risidagi 335-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida 2026 yil 2–28 fevral kunlari Andijon shahrida tibbiy profilaktika, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIEIATM) xodimi K.V.Komiljonova hamda filial mutaxassisi Z.E.Xatamov tomonidan 17- fevral kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani TTB ga qarashli KTMP da aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi.

Tekshiruvlar jarayonida aholining salomatlik holati baholanib, turli kasalliklarning erta belgilari aniqlandi, har bir fuqaroga tibbiy maslahatlar hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha individual tavsiyalar berildi. Shuningdek, endokrinologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va nazorat qilish masalalari yuzasidan oilaviy shifokorlar uchun tushuntirish ishlari olib borildi.

“Salomatlik marafoni” aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, o‘z salomatligiga bo‘lgan mas'uliyatni kuchaytirish va kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida yuqori ahamiyat kasb etmoqda. Axoli orasidan 3 nafar DB, 1 nafar semizlik, 1nafar AIT, 16 nafar QD 2tur, 1 nafar QD 1-tur bemorlar ko‘rilib, malakali tibbiy maslahatlar berildi. Bir nafar bemor yotib davolanish uchun tuman endokrinologiya bo‘limiga yo‘llanma berildi. 2 nafar patranaj hamshira, 8 nafar amaliyot hamshira, 10 nafar UASh lari 6 turdagi endokrin kasalliklarni erta aniqlash, davolash va olib borish to‘g‘risida o‘qitildi.


635382521_1241508078150365_864315100126444278_n.jpg637144343_1241508268150346_7109975648602954126_n.jpg634012221_1241508398150333_1854588991535522716_n.jpg634043913_1241508144817025_6301734636069017953_n.jpg636841931_1241508508150322_4938118051194529180_n.jpg635535750_1241508608150312_8355185309799099523_n.jpg

Back to the list