Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
19.02.2026
Tuxumdon polikistozi sindromi — genetik va atrof-muhit omillari tufayli yuzaga keladigan endokrin kasallikdir. Kasallik tuxumdonlar tomonidan androgenlar ishlab chiqarishning ko’payishi, ayol jinsiy hujayralarining yetilishining va hayz ko’rish funktsiyasining buzilishi bilan tavsiflanadi Yo
Luteinlashtiruvchi gormonning haddan tashqari
ko’p ishlab chiqarilishi natijasida, tuxumdonlarda erkak jinsiy gormonlari - testosteron va androstendionning ortiqcha ishlab chiqarilishi kuzatiladi. Bunday holatda follikullarning yetilishiga yordam beruvchi gormonning darajasi normal bo’lishi mumkin.
Testosteron va androstendion gormonlari ortiqcha bo’lishi follikullarning rivojlanishini buzadi, ularning erta degradatsiyasiga olib keladi (sariq tanaga degeneratsiya) va ularning o’rnida ultratovush tekshiruvi paytida ko’rinadigan kichik follikulyar kistalar paydo bo’ladi.
Hayz siklining birinchi bosqichida rivojlanadigan
follikulalar yetilmaydi va teskari rivojlanishga (atreziya) o’tadi. Bu vaqtda boshqa follikulalar rivojlana boshlaydi, ular ham teskari rivojlanishga uchraydi va hokazo. Shunday qilib, rivojlanishning turli bosqichlarida follikulalar bir vaqtning o’zida tuxumdonlarda paydo bo’ladi va tuxumdonlarda ovulyatsiyaga tayyor follikulalar bo’lmaydi. Follikula qobig’i yorilmaydi, shuning uchun tuxum hujayra bachadon naychasiga o’ta olmaydi. Bu holat urug’lanish jarayonini imkonsiz qiladi, homiladorlik sodir bo’lmaydi.

+998 55 508 50 00
+998 95 801 99 44

Video: 

Back to the list