19.02.2026
Tuman darajasida aholiga endokrinologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda tizimli monitoringni amalga oshirish maqsadida 2026-yil 17 fevral kuni Qushrabot tumaniga tuman kuratori Djuraeva Z.A tomonidan ishchi tashrif amalga oshirildi. Mazkur tashrif doirasida shu kuni Qushrabot tuman oilaviy shifokorlari ishtirokida “Endokrin kasalliklarni tashxislash algoritmi va davolash yo‘nalishi xaritasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 51 nafar oilaviy shifokor faol ishtirok etdi. Tadbir interaktiv usulda, savol-javoblar va amaliy misollar asosida olib borildi. Seminar davomida endokrin kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, davolash jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tarqatma materiallar yetkazilib, ularning amaliy faoliyatida qo‘llash uchun tavsiyalar berildi. Mazkur seminar oilaviy shifokorlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda aholining endokrin kasalliklar bo‘yicha murojaatlarini samarali boshqarishga xizmat qiladi.