25.02.2026
SALOMATLIK_MARAFONI!
Sog‘liqni saqlash vazirining 2025 yil 31 oktyabrdagi “Salomatlik marafoni” ommaviy tadbirini amalga oshirish to‘g‘risidagi 335-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha RIEIATM xodimi K. V. Komiljonova hamda filial xodimlari I.Ibroximov, Z.Qodirova 2026 yil 24 fevral kuni Andijon tumani KTMP Xakan bo‘limi va Rovvot OShP aholi o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tekshiruvlar jarayonida aholining salomatlik holati baholanib, turli kasalliklarning erta belgilari aniqlandi, har bir fuqaroga tibbiy maslahatlar hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha individual tavsiyalar berildi. Shuningdek, endokrinologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va nazorat qilish masalalari yuzasidan oilaviy shifokorlar uchun tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek"Oilaviy shifokorlar va tibbiy brigadalar uchun endokrin kasalliklarining eng ko‘p uchraydigan 6 turdagi nozologiyalari bo‘yicha bemorlar marshruti" bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.