Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
27.02.2026
Urgut tumanida seminar-trening o‘tkazildi2026-yil 25-fevral kuni Urgut tumanida sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida faoliyat yuritayotgan hamshiralar uchun dolzarb mavzuda seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida diabet oldi holati, 2-tur qandli diabet, semizlik va yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, davolash hamda doimiy nazorat qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar-trening Urgut tumani hududida o‘tkazilib, unda hududiy sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi patronaj hamshiralari faol ishtirok etdilar. Tadbirga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh hamshirasi L.O’. Mirtazayeva hamda markazning Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amakiy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali xodimlari Y.A.Abduroziqova va I.G. Alimovalar ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Trening jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Diabet oldi holatini erta aniqlash mezonlari va xavf omillari;
2-tur qandli diabetning klinik belgilari, asoratlari va profilaktik choralari;
Semizlikning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali uning oldini olish;
Yod tanqisligi kasalliklarining aholi salomatligiga ta’siri va yodlangan tuzdan foydalanish ahamiyati;
Patronaj xizmatida skrining, monitoring va tushuntirish ishlari olib borish tartibi.

Ma’ruzachilar tomonidan zamonaviy diagnostika usullari, dori vositalarini to‘g‘ri qo‘llash, bemorlarni dispanser nazoratiga olish va individual yondashuv asosida maslahat berish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar-trening savol-javoblar va interfaol muhokamalar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Mazkur tadbir hududda endokrin kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

643761134_1248513437449829_2283752222788651236_n.jpg641506280_1248513517449821_8743809913272721917_n.jpg642444878_1248513477449825_8808633841767959154_n.jpg641230955_1248513564116483_1400167463488613274_n.jpg

Back to the list