27.02.2026
Suxandaryo viloyati Jarqo’rg’on va Termiz tumanlarida 2026-yil 24-25-fevral kunlari Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida faoliyat yuritayotgan potranaj va amaliyotchi hamshiralar uchun “ Diabet oldi holati, 2-tur qandli diabet, semizlik va yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, davolash hamda doimiy nazorat qilish” seminar-trening tashkillashtirildi. Seminar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ning jarrox shifokori O.O.Alimxanov, trener xamshirasi M.J.Marxayeva xamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amakiy tibbiyot markazi Surxandaryo viloyat filial bosh endokrinologi M.M.Yuldashev, Termiz tumani MKTP endokrinolog shifokori B.N.Valiyev xamroxligida bo’lib o’tdi . Seminarda Jarqo’rgon tumani potranaj va amaliyotchi xamshiralar 33 nafar va Termiz tumanining potranaj va amaliyotchi xamshiralar 60 nafari katnashdilar. Trening jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Diabet oldi holatini erta aniqlash mezonlari va xavf omillari, 2-tur qandli diabetning klinik belgilari, asoratlari va profilaktik choralari, semizlikning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali uning oldini olish, yod tanqisligi kasalliklarining aholi salomatligiga ta’siri va yodlangan tuzdan foydalanish ahamiyati, Patronaj xizmatida skrining, monitoring va tushuntirish ishlari olib borildi xamda seminar ishtirokchilariga sertifikat tarkatildi.





Back to the list