27.02.2026
2026-yil 13 fevral kuni Chilonzor tumani 34-oilaviy poliklinika UASh shifokorlari va hamshiralariga 6 ta endokrin nozologiya bo‘yicha bemorlarni marshrutizatsiya qilish, tashxislash va davolash yo‘l xaritasi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.Ma’ruza Chilonzor TMKP bosh endokrinologi M.O Valijonova va 34- OP Endokrinolog shifokori Rustam Umarov tomonidan o‘qildi. Unda birlamchi bo‘g‘inda endokrin kasalliklarni erta aniqlash, to‘g‘ri yo‘naltirish, zamonaviy klinik tavsiyalar asosida davolash algoritmlari batafsil yoritib berildi. Shifokorlar faoliyatida uchraydigan amaliy holatlar misolida tushuntirishlar berildi.
Qatnashdilar:
UASh shifokorlari – 10 nafar
Hamshiralar – 14 nafar
O‘quv yakunida ishtirokchilar o‘z bilimlarini mustahkamlab, amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar oldilar.


Back to the list