03.03.2026
Tuman darajasida aholiga endokrinologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda tizimli monitoringni amalga oshirish maqsadida 2026-yil 27 fevral kuni vrach endokrinolog Xakberdiyev S.T tomonidan Tayloq tumani 21-umumiy o’rta ta’lim maktabidagi o’quvchilari tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Jami 312 bola ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 4 nafar bolada bo‘y o‘sishining pastligi (past bo‘ylilik), 5nafar bolada semizlik, 13 nafar bolada I darajali diffuz buqoq aniqlandi.Barcha bolalarga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.