04.03.2026
Tuman darajasida aholiga endokrinologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish hamda tizimli monitoringni amalga oshirish maqsadida 2026-yil 27-fevral kuni RIEIATMSFdan Nurobod tuman kuratori A.A.Yusupova tomonidan Nurobod tumani Sepki OSHPda “Endokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda bemorlar marshruti, kasallik proflaktikasi va dispanserizasiyasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda 2 nafar oilaviy shifokor va 17 nafar hamshira ishtirok etdi. Seminar davomida endokrin kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tarqatma materiallar yetkazilib, ularning amaliy faoliyatida qo‘llash uchun tavsiyalar berildi.


Back to the list