Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
06.03.2026
Ayollar uchun Check-Up — Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM konsultativ poliklinikasida

Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Endokrinologiya markazi konsultativ poliklinikasida “Ayollar Check-Up” kompleks tekshiruv dasturi mavjud. Ushbu dastur ayollar salomatligini har tomonlama baholash, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan.

Dastur doirasida endokrinolog shifokori konsultatsiyasi, gormonal fonni tekshirish va baholash o‘tkaziladi. Bu ayniqsa qalqonsimon bez kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishlari hamda gormonal nomutanosibliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida bemorlar quyidagi mutaxassislar konsultatsiyasidan o‘tishlari mumkin:

ginekolog — reproduktiv salomatlikni baholash va ginekologik kasalliklar profilaktikasi uchun;

dermatolog — teri, soch va tirnoq kasalliklarini aniqlash va davolash uchun, chunki ular ko‘pincha gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin;

kardiolog — yurak-qon tomir tizimi holatini va xavf omillarini baholash uchun.

Zaruratga ko‘ra shifokorlar tomonidan qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlar, jumladan qon tahlillari, ultratovush tekshiruvi (UTT) va boshqa diagnostika usullari tavsiya etilishi mumkin.

Ayollar Check-Up dasturi organizm holatini kompleks baholash, ehtimoliy kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va mutaxassislar tavsiyalarini olish imkonini beradi.

Tekshiruvlar Yo.X. To‘raqulov nomidagi RIEIATM konsultativ poliklinikasida oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali o‘tkaziladi.

b91dadd4d25042ae9b10ea85418d65cc_1280x720.jpg

Back to the list