Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
18.04.2022
Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi Samara davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar universitetda oʻquv jarayonini toʻlaqonli oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, universitet oʻquv xonalari va laboratoriyalarining texnik jihozlanish darajasini yuqori baholadilar. SamDTUda endokrinologlarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

  Universitet faollar zalida Markaz vakillarining professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Shu yerni oʻzida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va akad. Y.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oʻrtasida
Memorandum imzolandi. Imzolangan hujjatga koʻra, tomonlar ilmiy va taʼlim dasturlarini ilgari surish, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish kabi ishlarini hamkorlikda amalga oshiradilar.

  Shuningdek, Markaz vakillari – direktor, t.f.d. Feruz Toʻrayev va direktor oʻrinbosari t.f.d., prof. Feruza Xaydarova tomonidan SamDTU oʻqituvchilari, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlari uchun respublikada qandli diabet kasalligini davolashning hozirgi holati va istiqbollari toʻgʻrisida maʼruzalar oʻtkazdilar.

Back to the list