10.03.2026
7 mart kuni markazimiz direktori tomonidan klinik ordinatorlar uchun “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida suhbat va muhokama tashkil etildi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida klinik ordinatorlarga batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida direktor “O‘zbekiston–2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, xususan, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida tibbiyot sohasida uchrayotgan dolzarb muammolar ham muhokama qilindi. Jumladan, malakali kadrlar tayyorlash, yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, zamonaviy tibbiy uskunalardan samarali foydalanish hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Klinik ordinatorlar ham muhokamada faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi, amaliy faoliyat davomida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.
Uchrashuv yakunida direktor yosh shifokorlarning kasbiy rivoji, zamonaviy bilimlarni egallashi va tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etishlari muhim ekanini ta’kidlab o‘tdi. Bunday uchrashuvlar kelajakda ham muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi.





Back to the list