Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
12.03.2026
Markaziy laboratoriya — bu laboratoriya imkoniyatlarining to‘liq spektrini taqdim etadi:

• Klinik tekshiruvlar (Umumiy qon tahlili, umumiy siydik tahlili va boshqalar)
• Biokimyoviy tahlillar (fermentlar, turli oqsillar, mikroelementlar va boshqalar)
• Qon ivish tizimini tekshirish
• Immunokimyoviy diagnostika (qalqonsimon bez gormonlari, jinsiy gormonlar, onkomarkerlar, vitaminlar va boshqalar)
• Sitogenetik tekshiruvlar (kariotiplash — hujayraning xromosoma to‘plamini mikroskop orqali o‘rganish)

Laboratoriya sun’iy intellekt elementlari bilan jihozlangan yuqori texnologik avtomatik analizatorlar bilan ta’minlangan. Bu esa maksimal aniqlik, tezkorlik va inson omilini minimal darajaga tushirish imkonini beradi.

Xalqaro darajadagi sifat nazorati

Biz laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha xalqaro standartlarga mosligini tasdiqlovchi tashqi sifat nazorati (VOQ) dasturlarida, jumladan RIQAS dasturida faol ishtirok etamiz.

Professional rivojlanish markazi

Markaziy laboratoriya markazning viloyat filiallari uchun o‘quv bazasi hisoblanadi. Bu yerda yagona ish standartlari shakllantiriladi, mutaxassislar malakasi oshiriladi va sifat madaniyati rivojlantiriladi.

Markaziy laboratoriya — bu tajriba, zamonaviy texnologiyalar va har bir natija uchun mas’uliyat uyg‘unligidir.

+998 55 508 50 00

Video: 

Back to the list