16.03.2026
«Yod tanqisligini bo‘yicha xavf guruhlarida biologik monitoring qilish usulini ishlab chiqish hamda tashxislash va davolash algoritmlarini yangilash» mavzusidagi davlat granti doirasida amalga oshirilayotgan skriningQoraqalpog’iston Respublikasi
«Yod tanqisligini bo‘yicha xavf guruhlarida biologik monitoring qilish usulini ishlab chiqish hamda tashxislash va davolash algoritmlarini yangilash» mavzusidagi davlat granti doirasida Xorazm viloyatida 10-12 mart kunlari skrining tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1–5-sinf o‘quvchilari klinik ko‘rikdan o‘tkazildi, qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi amalga oshirildi. Shuningdek, bolalardan siydik namunalari hamda oilalar tomonidan iste’mol qilinayotgan osh tuzi namunalari yig‘ilib, ularda yod miqdorini aniqlash uchun laborator tahlilga yuborildi.
Olingan natijalar xavf guruhidagi bolalar o‘rtasida yod tanqisligini baholash hamda samarali profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirishga xizmat qiladi