17.03.2026
Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Endoktinologiya matkazida xalqaro miqyosdagi o‘ziga xos ta’lim loyihasi — «Kelajak tibbiyot tashkiloti formulasi: menejment, standartlar, bemor» mavzusidagi lektoriya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tibbiyot sohasining eng dolzarb masalalari va zamonaviy boshqaruv yechimlari tahlil qilindi.Ushbu tadbir nafaqat mahalliy, balki AQSh, BAE va Yevropa kabi ilg‘or davlatlarning zamonaviy tibbiy boshqaruv standartlarini O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi bilan birlashtirdi. Tadbir davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar tahlil qilindi:
• Strategik boshqaruv: ICI Group xalqaro ekspertlari XXI asr tibbiyot rahbari qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berishdi.
• Bemorga yo‘naltirilganlik: Tibbiyot muassasalarini shunchaki shifoxona emas, balki bemor va xodim uchun qulay «ekotizim»ga aylantirish yo‘llari muhokama qilindi.
• Amaliy treninglar: Ishtirokchilar tashkilot madaniyatini baholash, jarayonlarni xalqaro standartlar asosida hujjatlashtirish va shikoyatlarni rivojlanish vositasiga aylantirish bo‘yicha tayyor metodikalarni o‘rganishdi.
Tadbirda Jahon banki akkreditatsiyasidan o‘tgan ekspert Radomir Boshkovich (Serbiya), Yevgeniy Knyazev (BAE/Rossiya) va boshqa xalqaro auditorlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bu shunchaki ma’ruza emas, balki tibbiyot muassasalari samaradorligini oshirish, xizmat sifatini xalqaro darajaga ko‘tarish va professional yetakchilarni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Video: