18.03.2026
2026-yil 16-mart kuni E.X.To'raqulov nomidagi Endokrinologiya RIEIATMda 14.00.03 - "Endokrinologiya" ixtisosligi bo'yicha ilmiy seminarning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bazaviy doktorant Uralova Dilafruz Ulug'bek qizining "O'zbek millatiga mansub bolalarda markaziy erta balog'atga yetishning molekulyar va genetik xususiyatlari" (ilmiy rahbar tibbiyot fanlari doktori, professor Xalimova Z.Yu.) va erkin izlanuvchi Kendjaeva Kamila Shamuxtarovnaning "Diabetik polinevopatiya bilan og'rigan bemorlarda B12 vitamini yetishmasligining klinik ahamiyati" (ilmiy rahbar tibbiyot fanlari doktori, professor Xaydarova F.A.) mavzusidagi tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishlari natijalari muhokama qilindi.