Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
18.03.2026
Endokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda yangi yondashuvlar2026 yil 10–13 mart kunlari Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali mutaxassislari tomonidan Quva, Farg‘ona, Toshloq va Yozyovon tumanlarida o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Tuman tibbiyot birlashmalari ma'muriyatlari hamkorligida o‘tkazilgan mazkur seminarlarda jami 151 nafar oila shifokori va 7 nafar endokrinolog ishtirok etdi.

Seminar “Endokrin kasalliklarni tashxislash va davolashda bemorlar marshruti, kasallik profilaktikasi hamda dispanserizasiyasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda oila shifokorlariga endokrin tizimi kasalliklarini erta aniqlash, bemorlarni nazoratga olish hamda ularni bosqichma-bosqich ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish tartibi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan hududlarda endokrin kasalliklarning oldini olish va samarali davolashni ta'minlash bo‘yicha tashkiliy-uslubiy yordam ham ko‘rsatildi.

@SoglomFargona

653928394_1263021252665714_6033136186879108804_n.jpg653700212_1263021339332372_1068870838770120973_n.jpg653704307_1263021305999042_1370442152752240814_n.jpg651382986_1263021425999030_1579755999609706477_n.jpg653468165_1263021382665701_6400651162864723647_n.jpg

Back to the list