Yo.X.To’raqulov nomidagi RIEIATM maslaxat poliklinikasida bemorlar uchun zamonaviy xizmat — glyukozani uzluksiz monitoring qilish tizimini (CGM) o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi.
Uzluksiz glyukozani monitoring qilish tizimi (Continuous Glucose Monitoring, CGM) qondagi glyukoza darajasini nazorat qilishning innovatsion usuli hisoblanadi. Maxsus sensor teri ostiga o‘rnatiladi va bir necha hafta davomida yuqori aniqlikda glyukoza darajasini avtomatik ravishda o‘lchab boradi hamda ma’lumotlarni maxsus qurilma yoki mobil ilovaga uzatadi. Bu esa kun va tun davomida, jumladan uyqu, jismoniy faollik va ovqatlanish vaqtida glyukoza darajasining o‘zgarishini to‘liq va obyektiv baholash imkonini beradi.
An’anaviy glyukometr yordamida o‘zini nazorat qilishdan farqli ravishda, CGM nafaqat joriy ko‘rsatkichlarni, balki glyukoza darajasining o‘zgarish dinamikasini ham qayd etadi. Bu yashirin gipoglikemiya va giperglikemiyalarni aniqlash, shuningdek, glyukemiya variabelligini baholashda ayniqsa muhimdir.
Usulning afzalliklari:
CGM o‘rnatish kimlarga tavsiya etiladi:
CGM tizimidan foydalanish shifokorga bemorning glyukemik profilini batafsil tahlil qilish, muammoli davrlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashni individual xususiyatlarni inobatga olgan holda moslashtirish imkonini beradi. Bu esa shaxsiylashtirilgan tibbiyot rivojiga muhim hissa qo‘shadi hamda uglevod almashinuvi buzilishlari bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
