19.03.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 oktyabrdagi «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» PQ-358 son qarori ijrosini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shu jumladan, sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi dasturchilarni sun’iy intellektni joriy etish va qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish kurslariga jalb etish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 21 oktyabrda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida, Markazda Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ishlari boshladi
Shu munosabat bilan, Markazda “Insight solutions” MCHJ hamda “ Public Procurement” MCHJ vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markazning Bosh shifokori t.f.d Narimova G.Dj., Markazning filiallar bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d Faxrutdinova S.S. va direktor urinbosari Abduraximov L.A. ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuvda shuningdek telemeditsina bo‘yicha ham yangi loyihalar texnologiyalar bo‘yicha kelgusi rejalar qilindi



Back to the list