25.03.2026 Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida BAHOR NAFASI!
Ertaga ya’ni 2026 yilning 25 mart kuni markazimizda osh tortilib, katta bayram dasturxoni yoziladi.
Ayni daqiqalarda ushbu qizg’in jarayon oldidan tayyorgarlik avjida.
Doshqozonda sumalak qaynayapti. Mehmonlarni iliq kutib olish uchun tashkiliy ishlar yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
Tun bag‘rida pishayotgan sumalak — baraka, sabr va ezgulik ramzidir!
Aslida hayotning har bir lahzasi qadriyat, har bir daqiqasi bayram!