25.03.2026
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida BAHOR NAFASI davom etmoqda!
Bugun, 2026 yil 25 mart kuni markazimizda ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan dasturxon yozilib, sumalak va osh tortildi, jamoamiz va mehmonlar bir davrada jam bo‘lishdi.
Tadbir davomida bahorning iliq nafasi, samimiy muhit va ko‘tarinki kayfiyat barchaga unutilmas taassurot ulashdi.
Har bir lahza — qadriyat, har bir uchrashuv — bayram!