06.04.2026
Inson qadri uchun! Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Andijon filiali birgalikda tajriba sinov Asaka tumanida 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida qandli diabet va diabet oldi holati, metobolik holatlarni erta aniqlash maqsadida 2026 yil 25 martdan 5 aprel sanasigacha skrining tadbirlari o‘tkazilmoqda. Asaka tumanidagi 15 OP da 2 aprel kuni filial direktor o‘rinbosari I.Ibroximov va ma’sul shifokor M.Qodirova oilaviy shifokorlar, amaliyotchi va patronaj hamshiralar tomonidan endokrinologik bemorlarni Dmed tizimiga nazoratga olish, elektron retsept va reumbursatsiya bo‘yicha dori vositalar bilan ta’minlanishi o‘rganildi hamda skrining tadbiri o‘tkazildi.