06.04.2026
02.04.2026 Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori professor, tibbiyot fanlari doktori Alimov Anvar Valiyevich, xamda RIEIATM direktor o‘rinbosari, t.f.d. Faxrutdinova Sevara Sirojiddinovna tomonidan Jizzax viloyati Forish tumanida qalqonsimon bez (bo‘qoq) kasalligiga chalinish darajasi yuqoriligiga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganilib, ushbu hududda Mexnatobod maxallasi axolisi, 16-sonli o‘rta maktabni o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot qilindi. Axoliga yod tanqisligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar, ularning asoratlari va ushbu kasalliklarning profilaktikasi esa juda oddiyligi va samaradorligi haqida ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ma'ruzalar axoli tomonidan juda qiziqish bilan tinglanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Yig‘ilgan axoliga Endokrinologiya Jizzax filiali xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rik va skrining tadbirlari ham amalga oshirildi. Bunda 76 nafar axoli endokrinolog ko‘rigidan o‘tkazildi.Bundan tashqari, Jizzax viloyati G‘allaorol na'munaviy tumanida 1-sonli oilaviy poliklinikada endoskrining tadbirlarini o‘tkazilishi, haqqoniyligi, DMED tizimiga to‘g‘ri ma'lumotlarni kiritilishi bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borildi. Har bir oilaviy shifokorlar, amaliyotchi va patronaj hamshiralar bilan individual ishlab, vazifalari, qanday tartibda ushbu skrinining tadbirlari o‘tkazalayotganligi, tizimga kiritish jarayonlarini birma-bir o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar joyini o‘zida bartaraf etildi.







Back to the list