Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
10.04.2026
Ayni paytda markazimizda Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan yetakchi neyroendokrinolog mutaxassislar ishtirokida yuqori malakali amaliy tibbiy tadbir o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir doirasida ilgari jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, biroq klinik holatida yetarli ijobiy dinamika kuzatilmagan bemorlar chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Xususan, gipofiz, qalqonsimon bez hamda boshqa neyroendokrin tizim bilan bog‘liq murakkab patologiyalar xalqaro ekspertlar tomonidan qayta baholanmoqda.

Ko‘rik jarayonida zamonaviy diagnostik yondashuvlar asosida bemorlarning holatiga aniqlik kiritilmoqda.

Har bir bemor uchun individual davolash strategiyasi ishlab chiqilib, zarurat bo‘lganda takroriy jarrohlik, konservativ terapiya yoki uzoq muddatli monitoring bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Ushbu hamkorlik nafaqat murakkab klinik holatlarni samarali boshqarish, balki mahalliy mutaxassislar uchun ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish imkonini ham yaratmoqda.

 https://t.me/endokrinolgy

 http://endomarkaz.uz

 https://www.instagram.com/endokrinologiya_uz


Video: 

Back to the list