Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
22.04.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga akademik Y. X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarining tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqotdagi topshiriqlari va ko‘rsatmalarini joylarda amalga oshirish va aholi salomatligini yaxshilashdan iboratdir. Shu bilan birga joriy yilning 26-yanvar kuni Prezident tomonidan imzolangan “Endokrinologiya xizmatini yanada takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mohiyatini barcha tibbiyot OTM professor-o’qituvchilari va talabalar hamda tibbiyot xodimlariga yetkazish asosiy vazifalarimiz qatoriga kiradi.

Markaz vakillari – direktor, t.f.d. Feruz Toʻrayev va davolash ishlari bo‘yicha direktor oʻrinbosari t.f.d., prof. Feruza Xaydarova hamda Aholining sog‘lom turumush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori N.Alixanova tomonidan professor-o’qituvchilar va talabalar uchun “Qalqonsimon bezning anatomiyasi va fiziologiyasi», «Yod tanqisligi kasalliklari», «Semizlik, prediabet va diabet kasalliklarining oldini olish” mavzulari bo’yicha maʼruzalar oʻtkazdilar.

Uchrashuv davomida oʻrtasida Memorandum imzolandi. Memorandum imzolashdan maqsad, klinik, profilaktika va eksperimental endokrinologiya sohasida samarali qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy  tadqiqot muhitini yaratishdir.

Back to the list