Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
01.05.2026
Qalqonsimon bezdagi tugun — darrov operatsiya deganimi?
Ko‘pchilik bo‘yinda tugun aniqlanganda darrov xavotirga tushib, jarrohlik amaliyotini o‘ylaydi. Biroq, har doim ham operatsiya shart emas!
Qachon operatsiya tavsiya etiladi?
• Tugun yomon sifatli (saraton) bo‘lsa;
• Tugun o‘lchami juda tez kattalashsa;
• Og‘riq, nafas qisishi yoki yutishda jiddiy noqulayliklar tug‘dirsa;
• Zaharli bo‘qoq bo‘lsa.
Qachon kuzatuv yetarli?
Aksariyat hollarda tugunlar yaxshi sifatli bo‘ladi va bunday vaziyatda faqat dinamik nazorat (monitoring) buyuriladi. Bunda:
 UTT (UZI) orqali 3-6 oyda bir tekshiruv;
 Qon tahlillari;
 Zarur bo‘lsa, biopsiya, MRT yoki KT tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Eng muhimi — xulosa chiqarishda xalqaro TI-RADS tasnifiga tayanish lozim. Salomatligingizga befarq bo‘lmang va mutaxassis bilan maslahatlashing!

улица Мирзо Улугбека, 56

+998 55 508 50 00
+998 95 801 99 44

Video: 

Back to the list