Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
04.05.2026
1 mayda 2026, «Prokuratura organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish» kontseptsiyasi doirasida Bosh prokuraturada navbatdagi ma'rifat tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda endokrinolog shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi M.Latipova ishtirok etib, “Sog‘lom turmush tarzi, semizlik va qandli diabetning oldini olish” mavzusida ma'ruza qildi. 

Xususan, so‘z olgan M.Latipova semizlik va ortiqcha vazn statistikalari, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, toza muhit, ruhiy osoyishtalik, sog‘lom ovqatlanishning asoslari, semizlikning asosiy sabablari, diabet oldi holati, semizlik va qandli diabetning oldini olish yo‘llari haqida tushuntirish berdi.  

Ishtirokchilar o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan savollarga javob olishib, mehmonga esdalik sovg‘alari berildi.

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi jamoasi M.Latipovaga tashrif uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar va uzoq umr tilab qoladi.

 Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘ling!

photo_2026-05-01_14-33-40.jpgphoto_2026-05-01_14-33-40 (2).jpgphoto_2026-05-01_14-33-40 (3).jpgphoto_2026-05-01_14-33-40 (4).jpg

Back to the list