Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
04.05.2026
Farg‘onada endokrin jarrohlik bo‘yicha mahorat maktabi o‘tkazildi
Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarrohi Oybek Omonov Farg‘onada tashkil etilgan mahorat maktabi doirasida amaliy operatsiya o‘tkazdi.
Tadbir davomida qalqonsimon bez kasalliklarini davolashda zamonaviy yondashuv sifatida endoskopik kam invaziv jarrohlik amaliyoti bajarildi. Operatsiya markaz filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Mahorat maktabi doirasida ishtirokchilar uchun zamonaviy jarrohlik usullari bo‘yicha amaliy tajriba almashinuvi ham tashkil etildi.
@SoglomFargona

Video: 

Back to the list