14.05.2026
Oʻzbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish yoʻlida xalqaro hamkorlik kengaymoqda! 2026-yil 12-may kuni Akademik Yo.X.Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya markazi tashabbusi hamda Turizm qoʻmitasi koʻmagida xalqaro onlayn Zoom konferensiyasi tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston, Pokiston, Turkmaniston, Moʻgʻuliston, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiyada markaz nomidan davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, t.f.d. Narimova G. D. hamda Xalqaro aloqalar va tibbiy turizmni rivojlantirish boʻlimi mudiri Xolmuminov S. S. ishtirok etib, markaz faoliyati, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari, shuningdek xorijiy fuqarolar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Tadbir davomida tibbiy turizm salohiyatini oshirish, xorijiy bemorlarni jalb qilish hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Asosiy maqsad — Oʻzbekistonni mintaqadagi yetakchi tibbiy turizm markazlaridan biriga aylantirish.