15.05.2026
13.05.2025 yilda Jizzax viloyati Baxmal tumani 6-sonli Oilaviy poliklinika va Ko‘p tarmoqli poliklinikalarda RIEIATM malakali mutaxassisi, viloyat kuratori, PhD N.Nazarova bilan birgalikda endokrin xizmatni birlamchi tizimdagi holati o‘rganildi. Patronaj hamshiralar tomonidan Endoskring qanday o‘tkazilayotgani, amaliyotchi hamshiralar tomonidan xavf guruxlarini sog‘lomlashtirish maqsadida oilaviy shifokorlarga yo‘naltirilishi va bemorlarni D nazoratga olinishigacha bo‘lgan jarayon birma bir o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Oilaviy shifokorlar tomonidan MKB 10 bo‘yicha tashxislar qo‘yilishi, elektron retseptlar yozilishi, insulinlarni saqlanishi ko‘rib chiqildi va RIEIATM tomonidan tayyorlangan qo‘llanmalar taqdim etildi.