18.05.2026
Navoiy viloyatida 2026-yil 12-13-may kunlari Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida faoliyat yuritayotgan potranaj va amaliyotchi hamshiralar uchun “ Diabet oldi holati, 2-tur qandli diabet, semizlik va yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, davolash hamda doimiy nazorat qilish” seminar-trening tashkillashtirildi. Seminar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi trener xamshirasi M.J.Marxayeva va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi navoiy fillialining endakrinologi M.T.Nurillaeva xamda navoiy vil. Karmanat tumani MKTP endokrinolog shifokorlari F.Q. Aulov va E.F. Xalilov xamroxligida bo’lib o’tdi . Seminarda potranaj va amaliyotchi xamshiralar 197 nafar katnashdilar. Trening jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Diabet oldi holatini erta aniqlash mezonlari va xavf omillari, 2-tur qandli diabetning klinik belgilari, asoratlari va profilaktik choralari, semizlikning kelib chiqish sabablari hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali uning oldini olish, yod tanqisligi kasalliklarining aholi salomatligiga ta’siri va yodlangan tuzdan foydalanish ahamiyati, Patronaj xizmatida skrining, monitoring va tushuntirish ishlari olib borildi xamda seminar ishtirokchilariga sertifikat tarkatildi.



Back to the list