18.05.2026
15.05.2025 yilda Toshkent shahar Yangi Hayot tumani MKTPda RIEIATM Toshkent shahar filiali bosh shifokori V.E.TSareva va Yangi Hayot tumani kuratori R.V.Xodjimetova bilan birgalikda endokrin xizmatni birlamchi tizimdagi holati o‘rganildi. Bosh shifokor tomonidan umumiy amaliyot shifokorlari va tor mutaxassislar uchun MKB-10 bo‘yicha tashxislarni to‘g‘ri qo‘yish mavzusida ma'ruza o‘qilib, taqdimot namoyish etildi. Keyinchalik endokrinolog faoliyati o‘rganilib, “Dimed” tizimida MKB-10 bo‘yicha tashxislarda nomuvofiqliklar aniqlandi, xususan qandli diabet 2-turi bilan kasallangan bemorlarda tashxislarni yuritish holatlari ko‘rib chiqildi. Patronaj hamshiralar tomonidan endoskrining o‘tkazilishi, xavf guruhidagi bemorlarni oilaviy shifokorlarga yo‘naltirish va D nazoratga olish jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, insulinlarni saqlanishi ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi.