Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
21.05.2026
20.05.2026 “MEGAPOLISDA TIBBIY TURIZM” ILMIY-AMALIY ANJUMANI BO‘LIB O‘TMOQDA Akademik Yo.X.To’raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya markazida “Megapolisda tibbiy turizm” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjuman tibbiy turizm sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni o‘rganish, xalqaro tajribalarni almashish hamda megapolislarda tibbiy va sog‘lomlashtirish xizmatlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga jahon standartlariga mos, yuqori malakali tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish masalalari Endokrinologiya markazi misolida muhokama qilinmoqda.

 innovatsion yondashuvlar;
 tibbiy xizmatlar sifati;
 xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
 tibbiy turizmning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr va takliflar bildirilmoqda.

Anjumanda tibbiyot va turizm sohasi ekspertlari, ilmiy tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda va boshqa xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Ushbu konferensiya sog‘liqni saqlash va turizm sohalari integratsiyasini mustahkamlash, mamlakatimizning tibbiy turizm salohiyatini xalqaro maydonda yanada oshirishga xizmat qiladi.

Video: 

Back to the list