22.05.2026
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025 yildagi 63- sonli bayonidagi topshiriqlarni, joriy yil yo'l xaritasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 18-20 may kunlari Jizzax viloyati endokrinologlari uchun RIEIATM “Endokrin kasalliklar epidemiologiyasi” ilmiy bo'lim rahbari, t.f.d Aliyeva Anna Valerevna tomonidan “1 va 2 tur Qandli diabet bemorlar uchun diabet maktabi” mavzularida juda qiziqarli, interaktiv tarzda, dunyo standartlariga mos zamonaviy yangiliklarga boy ma'ruzalar, keyslar, amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Tadbir so'ngida 26 nafar shifokorlar 36 soatlik sertifikatlarga ega bo'ldilar.