22.05.2026
21.05.2026 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025 yildagi 63- sonli bayonidagi topshiriqlarni, joriy yil yo'l xaritasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Jizzax viloyati endokrinologlari uchun RIEIATM “Neyroendokrinolgiya” ilmiy bo'lim mudiri, t.f.d Xolova Dilorom Sharipovna tomonidan “Gipotalamo-gipofizar soxa kasalliklari” mavzularida qiziqarli, interaktiv tarzda, dunyo standartlariga mos zamonaviy yangiliklarga boy ma'ruzalar bo'lib o'tdi. Tadbir so'ngida 21 nafar shifokorlar 18 soatlik sertifikatlarga ega bo'ldilar.