22.05.2026
2026-yil 21-May kuni Inson qadri uchun! shiori ostida RIEIATMNF bosh vrach o‘rinbosari L. Boymirzayev va flial vrach endokrinologi D. Hudoyberdiyev tomonidan Uychi tumani TTBga qarashli 31-oilaviy poliklinikasida Uychi tumani Nuroniy jamg‘armasi bo‘limi raisi T. Ismatillayev va O‘zbekiston Respublikasi XDP Uychi tumani kengashi raisiG‘. Abdullayev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26-yanvardagi "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi" PQ-102 qarori ijrosini taminlash maqsadida 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida Qandli diabet kasalligini erta aniqlash maqsadida skrining tekshiruvi va tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Skrining tekshiruvidan 60 nafar aholi o‘tkazildi. Skring tekshiruvida Qandli diabet xastaligi birinchi marotaba 4 nafar axolida, Diabet oldi holati 5 nafar aholida, Semizlik 1-darajasi 22 nafar, semizlik 2-darajasi 5 nafar, semizlik 3-darajasi1nafar. Ortiqcha vazn bilan 12 nafar aholida, 2 nafar aholida qalqonsimon bez kasalliklari aniqlandi. Kasallik aniqlangan bemorlarga kerakli tavsiya va maslaxatlar berildi. Bundan tashqari skrining tekshiruviga kelgan aholiga Qandli diabet 2-turi va uni oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Aholini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Back to the list