25.05.2026
2026 yil 22–23 may kunlari Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya markazi mutaxassislari Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, Manas shahridagi “SHIFAA” klinikasida endokrin kasalliklarga chalingan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.
Tibbiy ko‘rikda:
O‘zbekiston Respublikasi bosh pediatr-endokrinologi Sultanova N. T.
Neyroendokrinolog, t.f.n. Aliyeva D. A.
UTT shifokori Xolmuminov S. S.
ishtirok etdilar.
Ko‘rik davomida qalqonsimon bez, qandli diabet, gipofiz va boshqa endokrin kasalliklar bilan murojaat qilgan bemorlar chuqur tekshiruvdan o‘tkazildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasida ayrim murakkab endokrinologik kasalliklarni to‘liq diagnostika va davolash imkoniyati cheklangan bemorlarga Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya markaziga kelib, zamonaviy tibbiy tekshiruv va davolanishdan o‘tish tavsiya etildi.