15.06.2026
Tibbiy turizm! Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Birodar shaharlar alyansi hamkorligida tibbiy turizmni rivojlantirish bo’yicha onlayn anjuman bo’lib o’tdi.
Unda AQSH, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Pokiston hamda Qozog‘istonlik ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbirda tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlarini xalqaro maydonda targ‘ib etish hamda O‘zbekistonning tibbiy salohiyatini dunyoga tanitish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, mazkur konferensiya yangi hamkorlik loyihalariga yo‘l ochib, Yangi O‘zbekistonning mintaqadagi yetakchi tibbiy turizm markazlaridan biriga aylanishiga xizmat qiladi.