21.07.2026
Birlamchi tibbiy bo‘g‘indagi islohotlar amaliyot bilan uyg‘unlashmoqda
Shu yilning 11-14 iyul kunlari bo’lib o’tgan o’rganishlar doirasida Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Samarqand filialida “Oila salomatligi” maxsus o‘quv kurslari samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
▫️Seminarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor A.Alimov, filial pedagoglari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimizning tegishli Farmoni va Qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirining 175-sonli buyrug‘i asosida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularni amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor “Oila salomatligi” o‘quv kurslari mazmunini boyitish, ta’lim sifatini oshirish va olingan bilimlarni amaliy faoliyatga samarali joriy etishga qaratildi.
A.Alimov tomonidan tibbiy brigadalar, oila shifokorlari va patronaj hamshiralarining yangi vazifalari, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ish jarayonini zamonaviy talablar asosida rejalashtirish va samarali tashkil etish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o’tildi.
Shuningdek, besh kunlik ish haftasi joriy etilishi munosabati bilan birlamchi tibbiy bo‘g‘in faoliyatini yangi tartib asosida tashkil etish, kunlik, haftalik va yillik ish rejalarini aniq belgilash hamda ularning ijrosini shaffof nazorat qilishning ahamiyati ta’kidlandi.
Qizg’in va amaliy muloqotlarga boy bo’lgan seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar oldilar, amaliy taklif va mulohazalar bildirildi.





Back to the list